| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



43-17 gkk guruh murabbiyi H.D.J o‘rayeva tomonidan o‘tkazilgan “Jinoyat va jazo” mavzusida tadbir
12-11-2018, 16:47
Shu yilning 8-noyabr kuni "Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishining 43-17 GKK guruh talabalari murabbiy H.D.Jo‘rayeva bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyga tashrif  buyurib, "Jinoyat va jazo”  mavzusida tadbir o‘tkazdilar. Ushbu  tadbirdan maqsad talabalarning turli g‘ayriqonuniy oqimlarga kirib ketmasligi, ularning namunali xulqqa ega bo‘lish zarurligi, turli xil huquqbuzarliklar ta’siriga tushib qolmasligini nazorat qilish va yetuk kadr bo‘lib yetishishi, institutdagi faoliyatini – o‘qishi, davomati, xulqini nazorat qilish, institut va fakultetda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy – ma’rifiy va boshqa turli tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash, talabaning turli g‘arazli oqim va shaxslar ta’siriga tushib qolmasligi uchun tushuntirish ishlarini olib borildi.
Tadbir davomida Shayxontoxur tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi katta leytinant M.X.Xolmatov (97 7214691) so‘zga chiqib: "2018 yil 31- oktabr kuni soat tungi 0200 – 0400 bo‘lgan vaqt oralig‘ida 1991 yil tug‘ilgan D.A.o‘zining jinoiy sherigi 1998 yilda tug‘ilgan B.S. bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida Shayhontoxur tumani Markaziy – 13 mavzesi 21 – uyda joylashgan "Ibroxim yakka tartibdagi tadbirkorlik do‘koni” eshigini g‘ayriqonuniy ravishda buzib kirishib, do‘kon ichida bo‘lgan turli xilda bo‘lgan 26,5 mln. so‘mlik mahsulotlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishgan” – deya sodir bo‘lgan jinoyat haqida gapirib o‘tdi.
Shayxontoxur tumani IIO FMB profilaktika inspektori mayor N.E.Aliyev ham yoshlarni o‘quv dargohda to‘laqonli ta’lim va tarbiya olishiga zamin yaratish, talabaning huquqi, obodi va qarashlariga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishga, yoshlarni tomonidan nojo‘ya harakatlar qilinsa (shubhali odamlar bilan aloqa, mast holatlar va h.k.) ogoh bo‘lish kerak ekanligini, spirtli ichimlik iste’mol qilmasligi, tamaki mahsulotlarini chekmasligi; yashash joyida tartib intizom va tozalikka to‘liq rioya qilish zarur ekanligini ta’kidlabb o‘tdi.
4 – sonli ichki ishlar bosh boshqarmasi Shayxontoxur tumani "Labzak” mahallasi profilaktika inspektori podpolkovnik Ilxom Xiyazxonov (93 5459376), leytinant Temurbek Egamberdiev (99 7941722) hamda  Shayxontoxur tumani "Labzak” mahallafuqarolar yig‘ini raisi Qudratillo Mo‘minovlar (93 3973345) ham tadbirda ishtirok etishdi. Shayxontoxur tumani IIO FMB profilaktika inspektori mayor N.E.Aliev o‘z so‘zini yakunlar ekan savollaringiz bo‘lsa marhamat deb tadbirga yig‘ilganlarga yuzlandi.
Guruh murabbiysi H.D. Jo‘rayeva so‘zga chiqib: "Hozirgi voyaga yetmagan yoshlar jinoyatga qo‘l urishmoqda, kimlardir bilib, kimlardir bilmasdan, televizorlarda ham ko‘rsatishadi, qamoqxonada ko‘pchilik o‘g‘irlik bilan qo‘lga olingan hamda jazoni o‘tayotgan jinoyatchilar orasida voyaga yetmaganlar ham bor, bunday hollar yaxshi oilaning farzandlari ham yo‘q emas. Siz nima deb o‘ylaysiz, ayb faqat ota-onadami ”– deya savol berdi.
S

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi