| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



"KITOB -TAFAKKUR MANBAI" tadbiridan lavhalar
12-11-2018, 13:14

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12-yanvardagi PF-4789-sonli "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 2- oktyabrdagi 23-sonli qo‘shma qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2-oktyabrdagi 67-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan institut talabalar turar-joyida "Kitob-tafakkur manbai” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Kitobxonlik tor ma’noda kitob o‘qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab o‘qish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shu maqsadda kafedra professor o‘qituvchilari 55 nomdagi ilmiy va badiiy kitoblar bilan bir qatorda ingliz tilidagi badiiy asarlar va lug‘atlarni talabalar yotoqxonasining kutubxonasiga sovg‘a qilishdi. Taqdim etilgan kitoblar orasida "O‘tgan kunlar”asaridan boshlab Sherlok Xolms haqida hikoyalar to‘plamini ham ko‘rishingiz mumkin.

Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Shu ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yoshlar ko‘proq kino, video, televideniya, kompyuterga berilib ketdi. Kompyuter hozirgi kunda ko‘pgina xonadonlarga ham kirib kelgan. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin. Achinarlisi, bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosolmaydi. Masalan, "O‘tgan kunlar" romani asosida ishlangan film qanchalik mahorat bilan suratga olingan bo‘lmasin, kitobning ta’sirini, jozibasini berolmaydi.

Kitobni inson tafakkurining qanotlariga o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimaslikning achchiq mevasidir. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo‘rt qiladi.  Ma’naviyat  esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi.

Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi. Biroq insoniyatning ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi.

Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, odob va axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q.

Umid qilamizki, professor-o'qituvchilarimizning ushbu bebaho sovg'alari talaba-yoshlarimizning bo'sh vaqtlari mazmunli o'tishiga munosib hissa qo'shadi.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi