| | |
1 2 3 4 5 6 7
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title
  • title

ILM-FAN 2020



TAQI “Geodeziya va kadastr” kafedrasida “Zamonaviy geodezik asboblar bilan ishlash” mavzusida o‘tkazilgan master-klass
10-11-2018, 16:00
Toshkent arxitektura-qurilish instituti "Muhandislik qurilish infrastrukturasi" fakulteti "Geodeziya va kadastr” kafedrasining 2018-2019 o‘quv yilidagi arxitektura va qurilish, geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarining taniqli kishilari (tadbirkorlar, ishlab chiqarish vakillari, olimlar) bilan trening, master-klass va uchrashuvlarni o‘tkazish reja-grafigiga asosan 2018 yilning 10-noyabr kuni UzGAShKLITI DUK yetakchi mutaxassisi D.B.Usmonov tomonidan "Zamonaviy geodezik asboblar bilan ishlash” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Tadbir TAQI KMOQTMMda bo‘lib o‘tdi. Unda "Geodeziya va kadastr” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talaba va magistrantlar, shuningdek malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar.
D.B.Usmonov AQShda ishlab chiqarilgan Trimble m3 turkumidagi elektron taxeometr va u bilan ishlash yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Ushbu geodezik asbobda burchak o‘lchash aniqlik darajasi 5 sekund, masofa o‘lchashdagi xatoligi prizmadan olinganda 2 mm, prizmasiz 3 mm, har km ga 1 mm qo‘shilishini aytib o‘tdi. Ushbu asbob asosan qurilishda loyihani joyiga ko‘chirishda hamda kadastr ishlarida qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar berdi. 
Geodezik koordinatalarni aniqlash va geodezik to‘rlar yaratish uchun qo‘llaniladigan GPSda ishlash yo‘llarini ko‘rsatib berdi. U orqali xomaki plan (abris)ni kiritib, koordinatalarni aniqlash imkoniyatlari, vaqt va mablag‘ tejalishidagi ahamiyati tushuntirdi. 
Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savol larga javoblar oldilar.

Izohlar soni:0

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi